9 Fevral 2024 yil 3831

IIV Sirdaryo Akademik litsey o‘quvchi qizlari bilan davra suhbati o‘tkazildi

IIV Sirdaryo Akademik litsey o‘quvchi qizlari bilan navbatdagi davra suhbati o‘tkazildi. Unda o‘quvchilarning qo‘lga kiritgan yutuqlari, kelgusidagi rejalari, Oliy o‘quv yurtiga tayyorgarlik jarayonlari haqida o‘zaro fikr almashildi. Shuningdek, IIVning 2023-yil 10-aprel kunidagi 185-sonli “IIOlari faoliyatini psixologik  taʼminlash tartibi to‘g‘risida”gi buyrug‘ining 10-ilovasida ko‘rsatib o‘tilgan bandlari ijrosi yuzasidan Sirdaryo viloyati IIB MMI va KBTX, MMIB psixologik taʼminlash guruhi mutaxassis psixologi tomonidan "STRESSDAN EHTIYOT BO‘LING" mavzusida seminar mashg‘uloti o‘tkazildi. Litsey o‘quvchilarining taʼlim tarbiya olish jarayoni samaradorligini oshirish maqsadida, ruhiy tushkunlikni oldini olish borasida ularga psixologik tavsiya va maslahatlar berilib, amaliy yordam ko‘rsatildi. Davra suhbati so‘ngida o‘quvchi qizlarga o‘rnatilgan tartib-qoidalarga amal qilishlari, o‘quv jarayonlarida faol va tashabbuskor bo‘lib, barchaga o‘rnak bo‘lishlari lozimligi tushuntirilib, zarur tavsiyalar berib o‘tildi.

Text to speech