23 Noyabr 2023 yil 2681

IIV o‘rinbosari general-mayor D.A.Nazarmuxammedov Sirdaryo viloyati IIB xodimlari tomonidan o‘tgan 10 oy davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan muhokama yig‘ilish o‘tkazdi

Videoselektor tarzida o‘tgan yig‘ilishda, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosarlari, sohaviy xizmat rahbarlari hamda joylardan shahar-tuman IIBlari rahbariyati va shaxsiy tarkibi ishtirok etishdi.

Dastlab tashkiliy masala ko‘rilib, Vazir o‘rinbosari Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘ining 1-o‘rinbosari podpolkovnik F.O‘.O‘ktamjonovni lavozimga tayinlanganligini yuzasidan shaxsiy tarkibga tanishtirib o‘tdi. Shundan so‘ng vazir o‘rinbosari viloyat hududida o‘tgan 10 oy davomida jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish borasida profilaktik ishlarni ahvoli hamda fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida qonuniy hal etilishi yuzasidan tamomila yangicha tizim asosida ish tashkil etish hamda kelgusida kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik borasida aniq chora-tadbir va vazifalar belgilab berildi.

Shundan so‘ng shaxsiy tarkib o‘rtasida xizmat intizomi va qonunchilikka rioya etish ahvoli, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va kelgusidagi vazifalar ham atroflicha muhokama qilindi.

Yig‘ilish so‘ngida Vazir o‘rinbosari tomonidan viloyat hududidagi shahar-tumanlarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi yuzasidan biriktirilgan masʼullar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarini tahlil qilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi. 

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech