IIV o‘rinbosari general-mayor Baxodir Mirzaraximov boshchiligidagi ishchi guruh Xovos tumanida bo‘ldi
Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, general-mayor Baxodir Mirzaraximov Sirdaryo viloyatidagi o‘rganishlarini davom ettirib, Xovos tumani hududidagi “Tinchlik” mahallasida bo‘ldi. Hududdagi jinoyatchilikni oldini olish ishlari ko‘zdan kechirildi.
“Tinchlik” mahallasi o‘rganildi. Tashrif davomida mahalla hududida jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishib, mahalla fuqarolari yig‘ini beshliklari bilan suhbat olib bordi.
Vazir o‘rinbosari “Tinchlik” MFY profilaktika inspektorining xizmat xonalarini va xodimlarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishish davomida tozalik va obodonlashtirish ishlarini ham ko‘zdan kechirdi.
Bugungi kunda temir yo‘llarda yo‘lovchilarning xavfsizligini taʼminlash, turli ko‘rinishdagi talon-torojlikni oldini olishda Xovos Transportlarda xavfsizlikni taʼminlash bo‘limi xodimlari tunu-kun mehnat qilishmoqda. Vazir o‘rinbosari ushbu bo‘lim xodimlarining ham ish faoliyatini o‘rgandi. Bugun mazkur yo‘nalishda xodimlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, jinoyatchilikni oldini olish borasidagi natijalar bilan tanishishdi. Yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan esa tegishli topshiriqlar berildi.
Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati