20 Iyun 2022 yil 237

IIV masʼul xodimi boshchiligida “Intizom oyligi” doirasida navbatdagi manzil Mirzaobod tumani IIB bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2022 yil 07 iyun kunidagi “Ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi o‘rtasida xizmat intizomi va qonuniylikka rioya etilishini mustahkamlash hamda “Temir intizom va halollik – muvaffaqiyat kaliti” shiori ostida “Intizom oyligi”ni o‘tkazish to‘g‘risida”gi 135-sonli Farmoyishiga asosan joriy yilning 17 iyun kuni Sirdaryo viloyati IIB MMI va KBTX boshlig‘ining o‘rinbosari hamda IIV masʼul xodimi tomonidan Mirzaobod tumani IIBda quyidagi ishlar amalga oshirildi. Jumladan:

Joriy yilning 17 iyun kuni soat 17:00da Sirdaryo viloyati IIB MMI va KBTX boshlig‘ining o‘rinbosari, IIV masʼul xodimi hamda Mirzaobod tumani IIB boshlig‘i rahbarligida tuman IIB shaxsiy tarkibi va ota-onalari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda IIV masʼul xodimi tomonidan IIVning 2022 yil 7 iyun kunidagi 135-son Farmoyishi asosida, Ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi o‘rtasida xizmat intizomi va qonuniylikka rioya etilishini mustahkamlash maqsadida “Temir intizom va halollik – muvaffaqiyat kaliti” shiori ostida “Intizom oyligi” o‘tkazilishi belgilanganligi shaxsiy tarkibga va ularning ota-onalari eʼtiboriga yetkazildi.

Masʼul xodim tomonidan ichki ishlar organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish va korrupsiyaviy holatlarning barvaqt oldini olish samaradorligini oshirish, ichki ishlar organlari xodimlarini har qanday sharoitda davlat va xalq manfaatlariga xizmat qiladigan fidoiy bo‘lishligi, milliy qadriyatlarga sodiq, umuminsoniy qadriyatlarga tayanadigan, insonparvarlik va qonun ustuvorligini o‘ziga dasturamal qilib olgan, yot va buzg‘unchi g‘oyalarga murosasiz kurashuvchi, iymon-eʼtiqodi va irodasi mustahkam, metin irodali, ajdodlar qoldirgan bebaho merosiga tayanib yashaydigan, kasbiy faoliyatini bajarish chog‘ida qaxramonlarcha halok bo‘lgan xodimlarga munosib izdosh bo‘lib, davlat va xalqimizning xavfsizligini taʼminlashda shaxsiy daxldorlik va yuqori masʼuliyat xissini shakllantirishni taʼkidlab o‘tdi.

Shuningdek, yig‘ilish davomida Mirzaobod tumani IIBda xizmat olib borib, yurt tinchligi, el yurt osoyishtaligi, fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini shakllantirishda, fuqarolar xavfsizligini taʼminlashda, yuklatilgan xizmat vazifalariga to‘liq yondashib, kasb mahoratini namoyon etib, boshqa hamkasblariga namuna bo‘lib kelayotgan bir qator fidoiy xodimlar rag‘batlantirildi.

Tekshiruv davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan Mirzaobod tumani IIB xodimining yashash xonadoniga tashrif buyurilib, xodimning oila aʼzolari bilan suhbat o‘tkazildi. Suhbat davomida xodimning muammo va kamchiliklari tinglanib, IIV masʼul xodimi tomonidan ushbu kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi. Shuningdek, tashrif davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj xodimlarning oila aʼzolariga oziq-ovqat mahsulotlari berildi.

Bundan tashqari masʼul xodimlar Mirzaobod tumanidagi 174-sonli tayanch punkti maʼmuriy binosiga tashrif buyurib, profilaktika inspektorining xizmat xonasi, ish hujjatlari va xizmat faoliyati bilan tanishib chiqdilar. Tekshiruv mobaynida xodimning xizmat faoliyati va bilim saviyasi nazorat tartibida tekshirildi hamda unga xizmat intizomiga rioya qilish, xizmat joyini tashlab ketmaslik, fuqarolar bilan qo‘pol munosabatda bo‘lmaslik va korrupsiyaviy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha yo‘riqnomalar berildi.

Sirdaryo viloyati IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati.

Text to speech