19 Yanvar 2023 yil 246

IIV Malaka oshirish instituti Sirdaryo filialida uzluksiz o‘quv-karyera jarayoni davom etmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 15 apreldagi “Ichki ishlar organlari uchun professional kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5076-son qarori hamda Ichki ishlar vazirligining 2021 yil 27 avgustdagi “Ichki ishlar organlarida uzluksiz o‘quv-karyera jarayoni tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi 310-sonli buyrug‘i talablariga muvofiq joriy yilning yanvar oyida Sirdaryo viloyati Ichki ishlar organlarining bir qator sohaviy xizmatlari xodimlari bilan xizmatdan ajralmagan holda IIV Malaka oshirish instituti Sirdaryo filialida “kapitan” maxsus unvoni uchun, shuningdek, qayta tayyorlash va malaka oshirish o‘quv yig‘inlari o‘tkazib kelinmoqda.

“O‘quv kurslarini tashkil etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad xodimlarning intellektual va professional bilim darajasini yana-da yuksaltirish, maʼnaviy-axloqiy saviyasi yuqori bo‘lgan kadrlar tayyorlash, ularning kasbiy bilim va malakalarini boyitish, huquqbuzarliklar profilaktikasi, jinoyatlarni oldini olish va fosh etish, jamoat xavfsizligini taʼminlash, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish faoliyatlari samaradorligini oshirishga ko‘maklashishdan iboratdir.” – deydi vazirlik Malaka oshirish instituti Sirdaryo filiali rahbari mayor O.Sh.Suyarov.

Text to speech