20 Yanvar 2023 yil 320

IIV kursantlari uchun Master-klass

Ichki ishlar vazirining “Ichki ishlar vazirligi sohaviy xizmatlarining Akademiyada malakali kadrlarni tayyorlashdagi faoliyatini tizimli tashkil etish to‘g‘risida”gi 2021 yil 25 avgustdagi 298-sonli buyrug‘iga muvofiq, barcha viloyatlar Ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari tomonidan xar oyda kamida bir marotaba Akademiya bakalavriati kunduzgi taʼlim shakliga tegishli hududdan jamlangan kursantlar bilan hududning kriminogen vaziyati hamda jinoyatchilikka qarshi kurashish, jamoat tartibini saqlash va huquqbuzarliklar profilaktikasini tashkil etishning dolzarb masalalari bo‘yicha onlayn master-klass mashg‘ulotlari o‘tkazib borilishi belgilangan.

Mazkur vazifa ijrosini taʼminlash maqsadida, joriy yilning 19 yanvar kuni IIV Akademiyasi kursantlariga Sirdaryo viloyati Ichki ishlar organlari rahbarlari va tegishli sohaviy xizmat xodimlari ishtirokida “Profilaktika inspektorlarining oz miqdorda talon-taroj qilish (MJtK 61-moddasi) huquqbuzarligining oldini olishdagi faoliyati hamda ushbu sohada yuzaga kelayotgan muammolar”, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 8 fevraldagi “Ichki ishlar organlarining ekspert-kriminalistika faoliyatini zamonaviy ilm-fan yutuqlarini keng joriy qilgan holda yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-122-son qaroriga asosan amalga oshirilayotgan islohotlar va uning samaradorligi” hamda “Yo‘l harakati xavfsizligi qoidalarini buzish natijasida sodir etiladigan jinoyatlarni tergov qilishda sohaviy xizmatlarning o‘zaro hamkorlik qilish amaliyoti hamda ushbu sohada yuzaga kelayotgan muammolar” mavzularida onlayn master-klass mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

O‘tkazilgan ushbu mashg‘ulotlarda Akademiya kursantlariga jinoyatchilikka qarshi kurashish, jamoat tartibini saqlash va huquqbuzarliklar profilaktikasini tashkil etishda amaliyotda olib borilayotgan ishlar, boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda olib borilayotgan tadbirlar hamda tizimda erishilgan yutuqlar va mavjud muammolarni bartaraf etishda qilinayotgan ishlar bo‘yicha to‘liq tushunchalar berildi.

Mashg‘ulot yakunida kursantlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan master-klass ishtirokchilariga murojaat qilib, mavzu yuzasidan to‘liq javoblar olishdi.

Text to speech