6 May 2022 yil 1097

IIV ixtisoslashtirilgan maktab-internati 2022-2023 oʻquv yili uchun tanlovlarga taklif etadi/

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ixtisoslashtirilgan maktab-internati 2022-2023 o‘quv yili учун umumtaʼlim muassasalarini 4-sinfni tamomlayotgan (o‘g‘il bolalar) o‘quvchilarni tanlovlarda ishtirok etishga taklif etadi.

Ixtisoslashtirilgan maktab-internatga o‘qishga har yilgi qabul kvotasi 50 nafar o‘quvchini tashkil etib, uning 80 foizi ichki ishlar idoralari xodimlari va 20 foizi boshqa fuqarolar farzandlariga taqsimlanadi.

Jamoat tartibini saqlashda, jangovar harakatlarda, terrorchilikka qarshi operatsiyalar o‘tkazishda, favqulodda holat tartibini huquqiy taʼminlash va ularning oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etgan vaqtda halok bo‘lgan xodimlarning farzandlari o‘qishga tanlovsiz qabul qilinadi.

Farzandlarini maktab-internatga o‘qishga kirish istagini bildirgan ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar Sirdaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi Kasbiy tayyorgarlik bo‘limiga belgilangan shakldagi ariza bilan murojaat qilishlari talab etiladi.

Farzandlari maktab-internatga o‘qishga kirish istagini bildirgan xodimlar bevosita ichki ishlar organlarining rahbarlariga bildirgi bilan murojaat qiladi.

Arizalar joriy yilning 15 aprelidan 1 iyun kuniga qadar qabul qilinadi.

Tanlov quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

- hujjatlarni to‘plash va o‘rganish;

- orfografik va punktuatsion savodxonlik darajasini aniqlash;

- umumjismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash;

- yakuniy test sinovlari.

Nomzodlarni umumtaʼlim fanlari (ona tili va adabiyot hamda matematika) bo‘yicha  bilimini baholash Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan test sinovlari asosida o‘tkaziladi.

Tanlov shartlariga ko‘ra, diktant hamda umumjismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash bosqichlari natijalari bo‘yicha 6 (olti) balldan kam ball to‘plagan nomzodlar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan Test sinovlariga kiritilmaydi.

Test sinovlari o‘qishga qabul qilishning  hal qiluvchi bosqichi hisoblanib, xodimlar va va boshqa fuqarolar uchun ajratilgan qabul kvotalari doirasida test sinovlari natijasi bo‘yicha to‘plagan ballaridan kelib chiqqan holda navbatdagi ketma-ketlik tartibiga muvofiq nomzodlar tanlab olinadi.

Ma'lumot uchun telefon raqamlari: 67-225-16-97, 97-777-65-65.

Manzil: Guliston shahar, Navoiy shoh ko'chasi, “Dinamo” sport majmuasi.

Mo'ljal: viloyat «Stomatologiya markazi» yonida

Text to speech