24 Iyun 2024 yil 1107

IIV ishchi guruhi Sirdaryoda “Intizom oyligi” doirasida o‘rganish ishlarini olib bordi

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor D.Nazarmuxamedovning reja topshirig‘iga asosan Sirdaryo viloyatida Ichki ishlar vazirligi Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamenti ishchi guruhi masʼul xodimlari tomonidan hududiy ichki ishlar organlarida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash, taʼlim jarayonini tashkil etish, shaxsiy tarkibning jismoniy va jangovar tayyorgarligi jamoalardagi maʼnaviy-ruhiy muhit barqarorligini taʼminlash, soha xodimlariga xizmat samaradorligini oshirish yuzasidan amaliy va uslubiy yordam berishga qaratilgan o‘rganishlar olib bordi.

O‘rganishlar davomida, O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2024 yil 10 may kunidagi hamda Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘ining 2024 yil 30 may kunidagi ichki ishlar organlarida joriy yilning 1 iyun kunidan 30 iyun kuniga qadar “Qonuniylikni taʼminlash va temir intizom oyligi”ni o‘tkazish to‘g‘risidagi farmoyishlari ijrosi yuzasidan viloyat IIB shaxsiy tarkibi bilan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Ko‘lami keng yig‘ilishda Sirdaryo viloyat IIB xodimlari o‘rtasida xizmat intizomi, qonunchilikka rioya etish, korrupsiya va tamagirlikning har qanday ko‘rinishini oldini olish, mamlakatimizda korrupsion jinoyatlarga qarshi murosasiz kurashish borasida ishtirokchilarga atroflicha tushunchalar berildi.


Fuqarolar bilan muloqot jarayonida kasbiy muomala madaniyatiga rioya qilgan holda har qanday vaziyatda ham “Ichki ishlar organlari xodimi”- degan yuksak nomga munosib bo‘lish, mansab vakolati doirasidan chetga chiqmaslik, salbiy holatlar sodir etmaslik, shu bilan birga xodimlarga korrupsion turdagi jinoyatlarga undash yoki taklif bo‘lganda masʼul rahbarlarga bildirgi bilan murojaat qilishlari lozimligi yana bir bor eslatildi. Tadbirda xizmat vazifalarini vijdonan va halol bajarib, korrupsion takliflarni rad etgan xodimlar muntazam rag‘batlantirib kelinayotgani qayd etildi.

Shuningdek, IIV ishchi guruhi tomonidan vazirlik viloyat Ichki ishlar organlarida xodimlarni faoliyat olib borishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan ham tanishildi.

Text to speech