IIV Akademiyasi kursantlariga Sirdaryo viloyati Ichki ishlar organlari rahbarlari va tegishli sohaviy xizmat xodimlari ishtirokida onlayn master-klass mashg‘uloti o‘tkazildi.
Ichki ishlar vazirining “Ichki ishlar vazirligi sohaviy xizmatlarining Akademiyada malakali kadrlarni tayyorlashdagi faoliyatini tizimli tashkil etish to‘g‘risida”gi 2021 yil 25 avgustdagi 298-sonli buyrug‘iga muvofiq, barcha viloyatlar Ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari tomonidan xar oyda kamida bir marotaba Akademiya bakalavriati kunduzgi taʼlim shakliga tegishli hududdan jamlangan kursantlar bilan hududning kriminogen vaziyati hamda jinoyatchilikka qarshi kurashish, jamoat tartibini saqlash va huquqbuzarliklar profilaktikasini tashkil etishning dolzarb masalalari bo‘yicha onlayn master-klass mashg‘ulotlari o‘tkazib borilishi belgilangan.
Mazkur vazifa ijrosini taʼminlash maqsadida, joriy yilning 16 dekabr kuni IIV Akademiyasi kursantlariga Sirdaryo viloyati Ichki ishlar organlari rahbarlari va tegishli sohaviy xizmat xodimlari ishtirokida “Ayollar tomonidan sodir etilgan huquqbuzarliklar va jinoyatlarni oldini olish va fosh etishda profilaktika inspektorlarining sohaviy xizmat xodimlari va jamoatchilik tashkilotlari bilan hamkorlik qilish amaliyoti hamda sohada yuzaga kelayotgan muammolar” “Tezkor-qidiruv xizmati xodimlari tomonidan jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olishda boshqa sohaviy xizmatlar bilan o‘zaro hamkorlik qilish amaliyoti hamda ushbu sohasida uchrayotgan dolzarb muammolar” hamda “O‘g‘rilik va firibgarlik jinoyatlarini tergov qilishda sohaviy xizmat xodimlarining o‘zaro hamkorlik qilish amaliyoti hamda ushbu sohasida yuzaga kelayotgan muammolar” mavzularida onlayn master-klass mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
O‘tkazilgan ushbu mashg‘ulotlarda Akademiya kursantlariga jinoyatchilikka qarshi kurashish, jamoat tartibini saqlash va huquqbuzarliklar profilaktikasini tashkil etishda amaliyotda olib borilayotgan ishlar, boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda olib borilayotgan tadbirlar hamda tizimda erishilgan yutuqlar va mavjud muammolarni bartaraf etishda qilinayotgan ishlar bo‘yicha to‘liq tushunchalar berildi.
Mashg‘ulot yakunida kursantlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan master-klass ishtirokchilariga murojaat qilib, mavzu yuzasidan to‘liq javoblar olishdi.