19 Sentyabr 2023 yil 1661

IIV Akademiyasi masʼul xodimlari Sirdaryo viloyatida o‘rganish ishlarini olib bormoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi boshlig‘ining buyrug‘i va reja-topshirig‘iga asosan Sirdaryo viloyatida kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, jinoyatchilikka qarshi kurashish, jamoat xavfsizligini taʼminlash hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha ichki ishlar organlariga metodik yordam ko‘rsatish ishlari olib borilmoqda. Xususan, joriy yilning 19 sentyabr kuni Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘i, polkovnik S.B.Djabarov huzurida viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik O.T. Abdullayev hamda IIV Akademiyasi masʼul xodimi podpolkovnik E.U. Azizovlar boshchiligida amaliyot xodimlarining bilim va kasbiy ko‘nikmalarini oshirish, shuningdek Akademiya bitiruvchilarining faoliyatini monitoring qilish orqali taʼlim tarbiya jarayonini yana-da takomillashtirish maqsadida Sirdaryo viloyati barcha tuman-shahar IIB boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari ishtirokida video-selektor tarzida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda reja-topshiriqda belgilangan vazifalarga ko‘ra, tegishli boshqarma va sohaviy xizmatlar xodimlariga bajarilishlari lozim bo‘lgan topshiriqlar aniq belgilab berildi.

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech