IIV Akademiyasi magistratura tinglovchisi Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasida amaliyot olib bordi.
Ichki ishlar vazirining «O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi magistraturasi tinglovchilarining amaliyoti (stajirovkasi)ni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida» gi buyrug‘i ijrosini taʼminlash maqsadida Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasida Akademiya magistraturasi tinglovchisi podpolkovnik To‘ychiyev Farxod Yo‘lchiyevich o‘z amaliyoti yuqori saviyada olib bordi.
Tinglovchida samarali boshqaruv faoliyatini shakllantirish, rahbarlik xislatlarini oshirish, sektor rahbari faoliyatini o‘zlashtirish maqsadida, viloyat IIBning sohaviy xizmatlari bilan birgalikda ishlarni samarali olib borishlari tashkillashtirildi.
Amaliyot davomida magistratura tinglovchisiga viloyat ichki ishlar boshqarma boshlig‘ining sayyor qabullarida qatnashib qabulda aholi murojaatlarini hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yaʼni aniqlangan muammolarni ko‘rib chiqilishi va hal qilinishi tartibi, «Temir daftar», «Ayollar daftari» hamda «Yoshlar daftari»ni yuritilishi, ushbu daftarlarga kiritilgan shaxslar bilan manzilli ishlash, ularning muammolarini hal etish bo‘yicha faoliyatni tashkil etilishi, sektorda «mahallabay» ishlash, mahalladagi muammolarni hal etilishi va mahalla yettiligi faoliyatini nazorat qilinishi va boshqa amaliy tajribalarni o‘zlashtirgan bo‘lsa, viloyat IIBda tashkil etilgan "Ajdodlar izidan avlodlar" muzeyi, navbatchilik qismi, 102 tizimi hamda viloyat JXX Yo‘l harakat xavfsizligi boshqarmasida olib borilayotgan tizimli ishlarni o‘rgandi.
Viloyat IIB rahbariyati huzurida IIV Akademiyasi Magistraturasining Tashkiliy-strategik boshqaruv mutaxassisligi tinglovchisi podpolkovnik F.Y.To‘ychiyevning o‘tagan amaliyot natijalari bo‘yicha yakuniy hisoboti tinglandi. Amaliyot natijalari tahlil qilindi.
Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati