20 Sentyabr 2024 yil 2023

IIV Akademiyasi kursantlari bilan onlayn master-klass mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Ichki ishlar vazirining “Ichki ishlar vazirligi sohaviy xizmatlarining Akademiyada malakali kadrlarni tayyorlashdagi faoliyatini tizimli tashkil etish to‘g‘risida”gi 2021-yil 25-avgustdagi 298-sonli buyrug‘iga muvofiq, barcha viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari tomonidan xar oyda kamida bir marotaba Akademiya bakalavriati kunduzgi taʼlim shakliga tegishli hududdan jamlangan kursantlar bilan hududning kriminogen vaziyati hamda jinoyatchilikka qarshi kurashish, jamoat tartibini saqlash va huquqbuzarliklar profilaktikasini tashkil etishning dolzarb masalalari bo‘yicha onlayn master-klass mashg‘ulotlari o‘tkazib borilishi belgilangan.

Mazkur vazifa ijrosini taʼminlash maqsadida, joriy yilning 19-sentyabr kuni IIV Akademiyasi kursantlariga Sirdaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati va tegishli sohaviy xizmat xodimlari ishtirokida ““Mahalla yettiligi”, uning vazifalari, ular tomonidan huquqbuzarlik va jinoyatlarni oldini olishda amalga oshirilayotgan profilaktik chora-tadbirlar”, “Hozirgi kunda sodir bo‘layotgan kiberjinoyatlarning turlari va ushbu turdagi jinoyatlarni keltirib chiqaruvchi sabab va sharoitlar” hamda “Voqea sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirishda tergovchining ekspert-kriminalistika xodimi bilan hamkorlikdagi harakatlari” mavzularida onlayn master-klass mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

O‘tkazilgan ushbu mashg‘ulotlarda Akademiya kursantlariga jinoyatchilikka qarshi kurashish, jamoat tartibini saqlash va huquqbuzarliklar profilaktikasini tashkil etishda amaliyotda olib borilayotgan ishlar, boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda olib borilayotgan tadbirlar hamda tizimda erishilgan yutuqlar va mavjud muammolarni bartaraf etishda qilinayotgan ishlar bo‘yicha to‘liq tushunchalar berildi.

Mashg‘ulot yakunida kursantlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan master-klass ishtirokchilariga murojaat qilib, mavzu yuzasidan to‘liq javoblar olishdi.

Text to speech