18 May 2023 yil 329

IIV Akademiya magistraturasi tinglovchilari malakaviy amaliyoti ishlarini boshlashdilar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlari uchun professional kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021 yil 15 apreldagi PQ–5076-son qarori va O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida magistratura faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2021 yil 26 maydagi 177-son buyrug‘i ijrosini taʼminlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi IIV o‘rinbosari general mayor A.I.Ikramovning Akademiya magistraturasi tinglovchilarining malakaviy amaliyoti (stajirovkasi) ikkinchi darajadagi “Tashkiliy-taktik boshqaruv” mutaxassisligi uchun 2023 yil 15 may-3 iyun kunlari Ichki ishlar vazirligining tarkibiy tuzilmalari va hududiy bo‘linmalarida tashkil etish maqsadida 2023 yil 15 may kunidagi 132-sonli Farmoyishi qabul qilingan bo‘lib, farmoyish talablari asosida Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘ining farmoyishiga asosan, amaliyotning 1-bosqichida “tuman-shahar hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektor rahbarlarining bevosita murabbiyligida” O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi Magistratura fakulteti II-darajali “Tashkiliy-taktik boshqaruv” yo‘nalishi tinglovchilari Sirdaryo, Guliston tuman IIBlari hamda Guliston shahar IIBga biriktirildi.

Shundan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi Magistratura fakulteti II-darajali “Tashkiliy-taktik boshqaruv” yo‘nalishi tinglovchilari yo‘riqnoma asosida shahar-tuman IIBlarda malakaviy amaliyot o‘tashni boshladi.

Text to speech