2 Avgust 2023 yil 2410

Ichki ishlar vazirligi Sirdaryo akademik litseyi o‘qituvchi va professorlarni ishga taklif qiladi

Ichki ishlar vazirligi Sirdaryo akademik litseyiga 2023-2024-o`quv yili uchun VMning 2021-yil 28-iyuldagi 466-sonli qaroriga asosan, zamonaviy talablarga javob beruvchi yuqori malakali, chuqur kasbiy ilm va mahoratga, ijodiy va ilmiy salohiyatga, yuksak axloqiy va ma’naviy sifatlarga ega bo‘lgan pedagog xodimlar, tanlov asosida ishga qabul qilinadi.
Tanlovdan muvaffaqiyatli o`tib, litseyga qabul qilingan pedagog xodimlarga IIV idoraviy litseylarining tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash shart-sharoitlari tizimi tatbiq etiladi.
Ichki ishlar vazirligi Sirdaryo akademik litseyida ishlash uchun quyidagi fanlardan dars beruvchi pedagoglar ishga taklif etiladi:
• matematika;
• fizika;
• geografiya;
• tarix
• ingliz tili
• huquqshunoslik
• kasbiy fanlar (“Ichki ishlar organlari faoliyati” fani)

Nomzodlar tanlovda qatnashish uchun ariza va so‘rovnoma-anketa, qisqa shaxsiy ma’lumot (rezyume)larini ta’lim muassasasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri e’lon berilgan kundan boshlab o`quv yili boshlangunga qadar taqdim etishlari mumkin.
Tanlov hujjatlarni qabul qilish muddati tugagandan keyin o‘n ish kuni ichida o‘tkaziladi.
Tanlovga kelmagan nomzodlar uchun qo‘shimcha tanlov o‘tkazilmaydi.

 

Ichki ishlar vazirligi Sirdaryo akademik litseyida ishlashni xohlovchi nomzodlar +998 93 329 99 98 yoki +998 99 473 30 64 telefon raqamlariga murojaat qilishlari so‘raladi.
Ichki ishlar vazirligi Sirdaryo akademik litseyining manzili: Sirdaryo tumani, Sirdaryo shahar, Baxt-iqbol ko’chasi, 15-uy

Text to speech