13 Oktyabr 2022 yil 405

Ichki  ishlar vazirligi  Sirdaryo akademik litseyi o‘qituvchi va professorlarni ishga taklif qiladi

Ichki ishlar vazirligi  Sirdaryo akademik litseyiga Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 28 iyuldagi 466-sonli qaroriga asosan, zamonaviy talablarga javob beruvchi yuqori malakali, chuqur kasbiy ilm va mahoratga, ijodiy va ilmiy salohiyatga, yuksak axloqiy va maʼnaviy sifatlarga ega bo‘lgan pedagog xodimlar, tanlov asosida ishga qabul qilinadi.

Tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tib, litseyga qabul qilingan pedagog xodimlarga IIV idoraviy litseylarining tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash shart-sharoitlari tizimi tatbiq etiladi. 

Ichki ishlar vazirligi  Sirdaryo akademik litseyida ishlash uchun quyidagi fanlardan dars beruvchi pedagoglar va xodimlar ishga taklif etiladi:

·         Moliyaviy va xo‘jalik taʼminoti bo‘yicha direktor o‘rinbosari

·         Matematika fani o‘qituvchisi

·         Tarix fani o‘qituvchisi

·         Ingliz tili fani o‘qituvchisi

Nomzodlar tanlovda qatnashish uchun ariza va so‘rovnoma-anketa, qisqa shaxsiy maʼlumot (rezyume)larini taʼlim muassasasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri eʼlon berilgan kundan boshlab 20 kun davomida taqdim etishlari mumkin.

Tanlov hujjatlarni qabul qilish muddati tugagandan keyin o‘n ish kuni ichida o‘tkaziladi.

Tanlovga kelmagan nomzodlar uchun qo‘shimcha tanlov o‘tkazilmaydi.

 Ichki ishlar vazirligi  Sirdaryo akademik litseyida ishlashni xohlovchi nomzodlar  8 (367) 377-28-62 yoki +99899-473-30-64 telefon raqamlariga murojaat qilishlari so‘raladi.

         Ichki ishlar vazirligi  Sirdaryo akademik litseyining manzili:  Sirdaryo tumani, Sirdaryo shahar, Baxt-iqbol ko‘chasi, 15-uy

Text to speech