7 Yanvar 2023 yil 273

Ichki ishlar vazir o‘rinbosari polkovnik Ya.A.Abdulxakov Sayxunobod tumaniga tashrif buyurdi.

Vazir o‘rinbosari polkovnik Ya.A.Abdulxakov ijtimoiy vaziyat bo‘yicha Sayxunobod tumanida bo‘lib, Sayxunobod tumanidagi 4 ta sektor rahbarlari bilan uchrashdi va Shodlik mahallasida joylashgan «Yangi yil yarmarkasi»da ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni o‘rgandi.

Shundan so‘ng Sayxunobod tumani Shodlik mahallasi binosi bilan tanishib, mahalla raisi va mahalla profilaktika inspektori kapitan J.Abdiraximov bilan suhbatlashdi hamda aholi bilan uchrashib, ularning turmush tarzini o‘rganib, aholi muammolarini hal etish hamda ijtimoiy obyektlarda yaratilgan shart-sharoitlar, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatlarini o‘rganib,  fuqarolar bilan is gazidan zaharlanish holati bo‘yicha yig'ilish o‘tkazdi.

Bundan tashqari, Vazir o‘rinbosari Sayxunobod tumanidagi Tibbiyot birlashmasiga borib, yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishib, shifoxonada davolanayotgan bemorlarni xolidan xabar olib, ular bilan suhbatlashdi. Vazir o‘rinbosari tibbiyot birlashmasini isitish tizimini ko‘zdan kechirib, aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan masʼullarga tegishli ko‘rsatmalar berdi va ijrosini nazoratga oldi.

Shuningdek, Vazir o‘rinbosari tumanning Shodlik mahallasida joylashgan issiqxonada bo‘lib, yetishtirilayotgan poliz ekinlarining sifati va hosildorligi bilan tanishib, xalqimizning dasturxoni har doim to‘liq bo‘lishida shu kabi issiqxonalarni ko‘paytirish lozimligi bo‘yicha tuman sektor rahbarlariga topshiriqlar berdi.

Text to speech