8 Aprel 2022 yil 295

Ichki ishlar organlari tizimida “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burchimiz!” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Ma’naviyat oyligi” dasturi doirasida brifing o‘tkazildi.

Joriy yilning 7 aprel kuni soat 16:30da Sirdaryo viloyati teleradiokompaniyasining jonli efirida Sirdaryo viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati mas’ul rahbarlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2022 yil 25 mart kunidagi 79-sonli farmoyishiga asosan ichki ishlar organlarida “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burchimiz!” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Ma’naviyat oyligi” dasturi doirasida brifing o‘tkazildi.

O‘tkazilgan brifing davomida ichki ishlar organlarida xizmatni o‘tash va xizmatga qabul qilish tartibi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori asosida bugungi kunda Ichki ishlar organlarida amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar, so‘ngi vaqtlarda davlatimiz rahbari boshchiligida Ichki ishlar organlarida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida xodimlar va ularning oila a’zolarini ijtimoiy himoya qilish masalalariga berilayotgan e’tibor, ularga yaratib berilayotgan shart-sharoitlar hamda imtiyozlar, shuningdek, ichki ishlar organlari xodimlarining jismoniy va jangovar tayyorgarligi bo‘yicha berilgan savollarga javoblar berildi.

Sirdaryo viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati.

Text to speech