12 Noyabr 2022 yil 237

Ichki ishlar bo‘limi Probatsiya guruhi nazorati ostida shaxslarning jazo o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod etildi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Shirin shahar sudining ochiq sud majlisi, raislik qiluvchi M.Mirzoxidov, sudya yordamchisi B.Sultonovning kotibligida hamda Shirin shahar Prokurori yordamchisi G‘.D.Rustamov, Shirin shahar IIB JXX  Probatsiya guruhi katta inspektori kapitan U.Tog‘ayevlar ishtirokida sud bo‘lib o‘tdi.

Sud jarayoni davomida JIB Boyovut tumani sudining 2021 yil oktyabr oyining 08 kunidagi hukmi bilan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 2-qismiga asosan sudlanib, 2 yil muddatga har oylik ish xaqqining 20% davlat daromadi hisobiga o‘tkazib berish sharti bilan axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan, Shirin shahar A.Temur MFYda yashovchi, 1981 yilda tug‘ilgan nazorat ostidagi shaxs D.N hamda JIB Boyovut tumani sudining 2022 yil yanvar oyining 27 kunidagi hukmi bilan O‘zbekiston Respublikasi JKning 167-modda 2-qismi «G» bandiga asosan sudlanib, 1 yil 6 oy muddatga har oylik ish xaqqining 20% davlat daromadi hisobiga o‘tkazib berish sharti bilan axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan, 1982 yil tug‘ilgan nazorat ostidagi shaxs B.Glar o‘ziga tayinlangan jazodan to‘g‘ri xulosa qilib, mehnatga halol yondashib, tuzalish yo‘liga o‘tganligi, sodir etgan etgan qilmishidan chin dildan pushaymonligi uchun Shirin shahar IIB boshlig‘ining taqdimnomasiga asosan JIB Shirin shahar sudining 2022 yil 11 noyabr kunidagi ajrimiga bilan D.N o‘talmay qolgan 1 yil 2 oy 15 kun, B.G 9 oy 12 kun,  o‘talmay qolgan jazo muddatidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 73-moddasiga asosan muddatidan ilgari shartli ozod etildi.

Shirin shahar Prokuror yordamchisi G‘.D.Rustamov jazodan muddatidan ilgari sharti ozod etilgan nazorat ostidagi shaxslar D.N B.G larni agarda kelgusida jazodan shartli ozod etilgan muddat ichida qayta jinoyat sodir etsa O‘zbekiston Respublikasi JKning 60-moddasi talablariga asosan javobgarlikka tortilishligi to‘g‘risida rasman ogohlantirildi.

 Shirin shahar IIB Probatsiya guruhi

Text to speech