2 Fevral 2024 yil 1616

Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari general-mayor Davron Nazarmuxammedov raisligida 2023 yil davomida jinoyatchilik va huquqbuzarliklar ahvoli hamda xizmat intizomi va qonunchilikka amal qilish masalalari muhokama qilindi

Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasida Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari general-mayor Davron Nazarmuxammedov raisligida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish hamda xizmat intizomi, qonunchilikka amal qilish masalalarida amalga oshirilgan ishlar tahliliy-tanqidiy muhokama qilindi.

Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Sandjar Djabarov, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosarlari, soxaviy xizmat va tuman, shahar IIB boshliqlari va shaxsiy tarkib ishtirokida videoselektor tarzida o‘tgan yig‘ilishda, viloyat hududida o‘tgan 2023 yil davomida jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish borasida profilaktik ishlarni ahvoli hamda fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida qonuniy hal etilishi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar tahliliy-tanqidiy muhokama qilinib, kamchilikka yo‘l qo‘ygan masʼullar intizomiy choralar ko‘rilishi belgilandi.

Muhokamaviy yig‘ilish so‘ngida vazir o‘rinbosari tomonidan tamomila yangicha tizim asosida ish tashkil etish har bir xodim bugun xalqni rozi qilishi, o‘z xizmat vazifasiga sidqidildan yondoshishi, qonunchilikka qatʼiy amal etishi borasida zaruriy tavsiyalar berildi. Sohadagi yangilik va o‘zgarishlar xususida ham maʼlumotlar berilib, korrupsiya va tamagirlikka yo‘l qo‘ymaslik, uning oldini olishda har bir xodim masʼul ekanligi taʼkidlandi. Shuningdek, sohadagi ustuvor vazifalar ham belgilab olindi.

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech