Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general-mayor Bekmurod Abdullayev Sirdaryo viloyatida jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish borasidagi amalga oshirilayotgan ishlarni oʻrgandi
Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari, general-mayor Bekmurod Abdullayev Sirdaryo viloyatida boʻlib, ishchi guruhi aʼzolari bilan mahallalar kesimida oʻrganish ishlarini olib bordi. Asosiy eʼtibor viloyat hududlardagi huquqbuzarlik hamda jinoyatchilikni oldini olish ahvoli va bu borada amalga oshirilayotgan ishlarga qaratildi.
Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari dastlab viloyat IIB binosida boʻlib, xodimlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar bilan tanishdi. Shuningdek, Guliston shahridagi “Namuna” va “Bogʻishamol” mahallalarida mahalla yettiligi faoliyatini koʻzdan kechirdi.
Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazida boʻlib, markaz faoliyati bilan hamda jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi taqdimotlar bilan tanishdi.
Shundan soʻng vazir oʻrinbosari Guliston tumanidagi 11 — sonli Nurli maskan maktab internatida bolajonlarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, ular bilan samimiy suhbat oʻtkazdi va bolajonlarga maxsus sovgʻa salomlarini topshirdi.
Yakunda Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari viloyat IIB JXX Jamoat tartibini saqlash boshqarmasida boʻlib, viloyat hududida jamoat tartibini saqlash hamda yoʻl harakat xavfsizligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar taqdimoti bilan tanishib, masʼullarga tegishli koʻrsatmalar berdi.
IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Axborot xizmati