9 Oktyabr 2023 yil 4021

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari tomonidan Oqoltin tumanida tungi xizmat faoliyati o‘rganildi

Dastlab vazir o‘rinbosari tomonidan Oqoltin tumani hududi bo‘ylab “Xavfsiz tun” tadbiriga jalb qilingan ichki ishlar organlarining Patrul-post, Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatlari xodimlari, Oqoltin tumani IIB shaxsiy tarkibi va Milliy gvardiya hamda masʼul tashkilot xodimlariga tuman hududida jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklar va yo‘l transport hodisalarini oldini olish maqsadida kengaytirilgan tungi tezkor yo‘riqnoma o‘tkazildi.

Bunda, tungi xizmatga jalb qilingan xodimlarga fuqarolar o‘rtasida jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish hamda tungi vaqtlarda ularning jamoat joyi va turli ko‘ngilochar maskanlarda maqsadsiz yurishlarini bartaraf etish, huquqbuzarliklarga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga qaratilgan zaruriy topshiriq va ko‘rsatmalar hamda fuqarolar bilan xushmuomala bo‘lish, xizmat intizomi va qonunchilikka qatʼiy amal qilish yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Shundan so‘ng vazir o‘rinbosari tomonidan Oqoltin tuman IIB xodimlarga yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganilib masʼullarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi

Text to speech