Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari tomonidan Sirdaryo viloyatida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari o‘rganildi
Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor D.А.Nazarmuxammedov boshchiligidagi ishchi guruh Sirdaryo viloyatida bir qator shahar-tumanlarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarliklari o‘rganildi. Jumladan vazir o‘rinbosari Mirzaobod hamda Sayxunobod tumanlariga tashrif buyurib, dast avval mazkur tumanlarda tashkil etilgan kuz-qish shtabi faoliyati o‘rganildi. Shundan so‘ng masʼullar tomonidan mazkur hududlardagi tuman tibbiyot birlashmalari, maktab hamda maktabgacha taʼlim muassasalarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha tashkillashtirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Vazir o‘rinbosari mutasaddilarga qishga tayyorgarlik ishlarini sifatli bajarib, energiya va issiqlik taʼminoti barqaror qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati