16 Noyabr 2023 yil 2651

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari tomonidan Guliston tumanida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari o‘rganildi

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor Davron Nazarmuxamedov Sirdaryo viloyati Guliston tumaniga tashrif buyurdi. Tashrif davomida mazkur tumanda joylashgan A.Yassaviy mahallasida “Yashil makon” umummilliy dasturi doirasida tashkil etilgan ko‘chat ekish jarayonida ishtirok etdi. Shundan so‘ng Vazir o‘rinbosari Guliston tumani Ichki ishlar bo‘limida kuz-qish mavsumini talofatsiz o‘tkazish maqsadida tashkil etilgan shtab faoliyati bilan tanishdi. Shuningdek Dehqonobod shaharchasida joylashgan 70-sonli maktab-internati, 1-sonli umumtaʼlim maktabi hamda Guliston tumani tibbiyot birlashmasida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlikni ko‘zdan kechirib, masʼullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Text to speech