5 Oktyabr 2023 yil 4759

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor Davron Nazarmuxamedov boshchiligidagi ishchi guruh Sirdaryo viloyatiga tashrif buyurdi.

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari — maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamenti boshlig‘i, general-mayor Davron Nazarmuxamedov boshchiligidagi ishchi guruhi Sirdaryo viloyatida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Dast avval vazir o‘rinbosari Sirdaryo viloyati IIB sohaviy xizmat rahbarlari bilan yig‘ilish o‘tkazdi. Unda har bir yo‘nalish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hisoboti eshitilib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan aniq vazifalar belgilab olindi.

Vazir o‘rinbosari mutasaddi rahbarlar bilan viloyat hududida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish maqsadida Sirdaryo tumaniga tashrif buyurdi. Tashrif davomida tuman Ichki ishlar boshqarmasi navbatchilik qismida tashkil etilgan situatsion markazi qurilmalarining imkoniyatlari, so‘rovxona ish faoliyati hamda Ichki ishlar organlari xodimlarining faoliyatini nazorat qilish masalalariga eʼtibor qaratildi. Shuningdek, xizmat sharoitlari o‘rganildi.

Shundan so‘ng vazir o‘rinbosari tumanning “Yoshlik” mahallasida bo‘lib, mahallada jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berdi. "Mahallada mahalla raisi, hokim yordamchisi, profilaktika inspektori, mahalla yoshlar yetakchisi va mahalla xotin-qizlar faoli o‘zaro bir bo‘lib hamkorlikda ish olib borilsa, har qanday muammoga barham berish mumkin" - deb taʼkidladi vazir o‘rinbosari general-mayor Davron Nazarmuxamedov.

Text to speech