17 Oktyabr 2021 yil 367

“Huquqbuzarliklar profilaktikasi toʻgʻrisida”gi yangi qonun loyihasi profilaktika inspektorlari ishtirokida muhokama etildi.

Joriy yilning 16-oktyabr kuni, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasining ishchi guruhi aʼzosi Nodira Jonibekova ishtirokida, Sirdaryo viloyati IIB quyi tizimida xizmat olib borayotgan profilaktika inspektorlari, xotin-qizlar bilan ishlash boʻyicha inspektorlar, mahalla raislari, Yoshlar agentligi masʼul vakillari ishtirokida, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga Vazirlar Mahkamasi tomonidan kiritilgan “Huquqbuzarliklar profilaktikasi toʻgʻrisida”gi QL-815-sonli qonun loyihasi muhokama etildi.

Mazkur qonun loyihasi, asosan fuqarolarning xavfsizligini taʼminlashga, jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishga qaratilganligi sababli, xalqchil qonun boʻlib xizmat qilish maqsadida, ushbu qonun bilan bevosita ishlovchi quyi tizim vakillarining fikr va mulohazalari eshitildi.

Qonun loyihasi yuzasidan, taklif va mulohazalar eʼtiborga olindi.

Text to speech