22 Iyun 2022 yil 217

Hozirgi kunda vaqtincha ishsiz bo‘lgan fuqarolar, nazorat ostidagi shaxslarning bandligini taʼminlash va tadbirkorlikka jalb qilish bo‘yicha “Ishga marxamat” mehnat yarmarkasi o‘tkazildi.

Boyovut tumanida yashovchi ish bilan band bo‘lmagan oila aʼzolarni ish bilan taʼminlash maqsadida o‘tkaziladigan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tumandagi bandligi taʼminlanmagan ishsiz fuqarolarni, mehnat migrantlarini hamda tumandagi ishsiz yoshlar, bitiruvchilar, IIB JXX Probatsiya guruhi hisobida turgan hozirgi kunda vaqtincha ishsiz bo‘lgan nazorat ostidagi shaxslarni ish bilan taʼminlash va tadbirkorlikka jalb qilish bo‘yicha “Bo‘sh ish o‘rinlari va vakant lavozimlari” mehnat yarmarkasi o‘tkazildi.

Ushbu o‘tkazilgan “Bo‘sh ish o‘rinlari va vakant lavozimlari” yarmarkasi  tadbiriga 3 ta korxona va tashkilotlar o‘zlarining ko‘rgazmali qurollari va stendlari bilan bo‘sh ish o‘rniGolden Osiyo Senter GoMCHJ, Stella Modda MCHJ tikuv fabrikasi “Boyovut Bunyodkor” g‘isht ishlab chiqarish MCHJ,    jami 16 ta bo‘sh ish o‘rni bilan tadbirda ishtirok etib, «Bo‘sh ish o‘rinlari va vakant lavozimlari» yarmarkasida qatnashdilar.

Boyovut tumani IIB JXX Probatsiya guruhi hisobida turgan hozirgi kunda vaqtincha ishsiz bo‘lgan nazorat ostidagi shaxslardan 15 nafari ishtirok etdi, 4 nafari Boyovut tumani Uchturgon MFYda joylashgan G‘ISHT ishlab chiqarish zavodiga ishga, 2 nafari Stella Modda MCHJ tikuv fabrikasi joylashtirildi. 5 nafar nazorat ostidagi shaxslarga mutaxassisligidan kelib chiqqan holda bo‘sh ish o‘rinlari taklif etildi. 

  Boyovut tumani IIB JXX Probatsiya guruhi

Text to speech