28 Avgust 2024 yil 1130

Xovos tumanida “Xavfsiz hudud va mulkiy turdagi jinoyatlar profilaktikasi oyligi” doirasida profilaktik tadbirlar boʻlib oʻtdi

Sirdaryo viloyat Ichki ishlar boshqarmasi jamoat xavfsizligi xizmati sohaviy xizmatlari hamda Xovos tuman Ichki ishlar boʻlimi xodimlari hamkorligida “Xavfsiz hudud va mulkiy turdagi jinoyatlar profilaktikasi oyligi” doirasida maxsus profilaktik tadbirlar oʻtkazildi.

Tadbir avvalida xizmatga jalb etilgan huquq tartibot organlari , jamoat tashkilotlari vakillariga viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari Jonibek Boltayev tomonidan yoʻriqnoma berilib, aholi osoyishtaligini saqlash, kriminogen vaziyat barqarorligini taʼminlashga qaratilgan aniq vazifalar belgilandi. Shuningdek har bir xodim xizmat intizomi va qonuniylikka eʼtibor qaratishi lozimligi uqtirildi.

Yoʻl harakat xavfsizligi boshqarmasi inspektorlari tomonidan haydovchilarga ham oʻtkazilayotgan oylik doirasida batafsil tushuntirishlar berilib, ogohlikka chaqiruvchi flayerlar tarqatildi.

Oylik doirasida bu kabi profilaktik tadbirlar hududlarda davom etmoqda.

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech