14 Mart 2022 yil 422

Xovos tumanida “Bo‘sh ish o‘rinlari va vakant lavozimlari” mehnat yarmarkasi o‘tkazildi

Xovos tumanda yashovchi ish bilan band bo‘lmagan oila aʼzolarni ish bilan taʼminlash maqsadida o‘tkaziladigan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tumandagi bandligi taʼminlanmagan ishsiz fuqarolarni, mehnat migrantlarini hamda tumandagi ishsiz yoshlar, bitiruvchilar, IIO Probatsiya guruhi hisobida turgan hozirgi kunda vaqtincha ishsiz bo‘lgan nazoratdagi shaxslarni ish bilan taʼminlash va tadbirkorlikka jalb qilish bo‘yicha  o‘tkazilgan “Bo‘sh ish o‘rinlari va vakant lavozimlari” mehnat yarmarkasi natijalari to‘g‘risida quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Xovos tumanida 2022 yil 11 mart kuni Xovos tuman hokimligi, tuman Ichki ishlar bo‘limi, tuman Bandlikka ko‘maklashish markazi, Yoshlar agentligi Xovos tuman bo‘limi bilan hamkorlikda tumandagi bandligi taʼminlanmagan ishsiz fuqarolarni, mehnat migrantlarini, shuningdek o‘rta va oliy taʼlim bitiruvchi yoshlarni bandligini taʼminlash maqsadida tashkil etilgan “Bo‘sh ish o‘rinlari va vakant lavozimlari “mehnat yarmarkasini o‘tkazish Xovos tumanida joylashgan Temir yo‘lchilar Madaniyat saroyi binosida soat 15-00 dan  17-00 gacha bo‘lib o‘tdi.

Ushbu o‘tkazilgan “Bo‘sh ish o‘rinlari va vakant lavozimlari” yarmarkasi  tadbiriga 15 ta korxona va tashkilotlar o‘zlarining ko‘rgazmali qurollari va stendlari bilan bo‘sh ish o‘rni va  ixtiyoriy hisobot topshirgan “Besh fashion” fabrikasi, Jamoat ishi va “Xovos tumani yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi”, “ElegantMCHJ, “Xovos shirinliklari” MCHJ, “Zamin” MCHJ, “Bek-klaster” MCHJ, 14-sanʼat va musiqa maktabi”   bo‘sh ish o‘rni  bilan jami 122 ta bo‘sh ish o‘rni bilan tadbirda ishtirok etib, “Bo‘sh ish o‘rinlari va vakant lavozimlari” yarmarkasida qatnashdilar.

Yakka tartibdagi tadbirkorlikni afzallik tomonlari va O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan subsidiya va grantlar ajratish tartiblari to‘g‘risida  aholiga xokim yordamchilari tomonidan huquqiy maslahatlar berildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining o‘z o‘zini band qilgan fuqarolar uchun vaqtinchalik mehnat guvohnomasini joriy etish  to‘g‘risidagi 566-sonli qarori haqida kelganlarga maʼlumot berilib, ushbu guvohnomani olgan fuqarolarga beriladigan imtiyozlar va afzalliklari hamda ularga ijtimoiy huquqiy kafolatlari to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib borildi.

Xovos tuman IIB Probatsiya guruhi hisobida turgan hozirgi kunda vaqtincha ishsiz bo‘lgan mahkumlardan 13 nafari ishtirok etdi va ularning mutaxassisligidan kelib chiqqan xolda bo‘sh ish o‘rinlari taklif etildi. 

Yarmarka natijalariga ko‘ra, jami 22 nafar ishsiz fuqarolar ish bilan taʼminlash bo‘yicha yo‘llanmalar berildi, 15 nafar fuqaroga kasbga o‘qitish maqsadida Guliston shaharda joylashgan “mono” markaziga hamda Xovos tumanida joylashgan o‘quv markazlariga jalb qilindi shuningdek 43 nafar ishsiz fuqaroga huquqiy maslahat va tushunchalar berildi.

       Xovos tuman IIB Probatsiya guruhi

Text to speech