8 Iyul 2022 yil 266

Xovos tumani IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmasi xodimlari  tomonidan “Xavfsiz hudud” profilaktik tadbirlari davom etmoqda.

Xovos tumani IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmasi tomonidan tuman hududida jamoat tartibini saqlash va fuqarolarning xavfsizligini taʼminlash va xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning tumanimizda “Pasport-viza” tizimi talablariga rioya etishlarini taʼminlash maqsadida “Xavfsiz hudud” profilaktik tadbirlari o‘tkazib borilmoqda.

Xovos tumani Ichki ishlar bo‘limi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmasi tomonidan “Xavfsiz hudud” profilaktik tadbirlari davomida boshqa xizmatlar bilan yaqin hamkorlikda, joylardagi mahalla fuqarolar yig‘inlari, HPB profilaktika inspektorlari bilan mahallalarda aholi bilan uchrashuvlar tashkil etilib, o‘tkazilgan uchrashuvlarda fuqarolik pasporti, fuqaroligi yo‘q shaxs uchun O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi va xorijiy fuqaro uchun O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomalarini asrab avaylashlari shartligi aks xolda O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 223-moddasi bilan maʼmuriy jazoga tortilishi mumkinligi tushuntirib berilmoqda.

O‘tkazilgan “Xavfsiz hudud” profilaktik tadbirlar davomida aprel oyining o‘zida tuman hududida ro‘yxatsiz yashab yurgan 2 nafar Tojikiston Respublikasi fuqarolari aniqlandi ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 225-moddasi bilan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi, 2 nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari chet el fuqarolarini o‘z uyida noqonuniy yashashga sharoit yaratib berganligi aniqlanib, ushbu O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 225-moddasi 5-qismi bilan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Xovos tumani IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmasi tuman aholisiga shuni maʼlum qiladiki, chet el fuqarolari chegara maskanidan kirib kelgandan so‘ng 3 ish kunida vaqtincha ro‘yxatga qo‘yishlarini so‘rab qoladi

Xovos tumani IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmasi

Text to speech