20 Sentyabr 2024 yil 2032

Xizmat intizomi va qonunchilikka rioya qilish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi

Sirdaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi tizim xodimlari o‘rtasida “Xizmat intizomi va qonunchilikka rioya etish” mavzusida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda Sirdaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi va shahar-tuman IIB huzuridagi tergov bo‘lim (bo‘linma) lari shaxsiy tarkibi ishtirok etdi.

Yig‘ilishda shaxsiy tarkibning xizmat intizomi va qonunchilikka rioya qilishi, xizmat faoliyati davomida fuqarolar bilan xushmuomalada bo‘lishi, ularning murojaatlari bilan ishlash borasidagi faoliyati atroflicha tahlil etildi.

Ichki ishlar organlari xodimlari fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilishda xizmat vazifasini vijdonan bajarib, tizim imidjini oshirish lozimligi borasida taklif va yo‘riqnomalar berildi.

Mazkur tadbir davomida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha manzilli chora-tadbirlar belgilandi.

Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Sh.N.Nematjonov, xizmatga aloqador bo‘lmagan holatlarni muhokama qilish, tamagirlik, korrupsiya va boshqa shu kabi salbiy illatlarning oldini olishga qaratilgan profilaktik hamda maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni kuchaytirish lozimligini ishtirokchilarga tushuntirdi.

Yig‘ilish so‘ngida xizmat vazifasiga sovuqqonlik bilan yondashgan ayrim xodimlar qattiq ogohlantirildi.

Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.

Text to speech