20 Oktyabr 2022 yil 240

Litsey o‘quvchilari ishtirokida “Uch avlod uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi

Hayotda ko‘pni ko‘rgan, yillar sinovida toblanib, boy amaliy tajriba to‘plagan faxriylarning o‘git va maslahatlari yoshlar uchun chinakam ibrat maktabi hisoblanadi.

Shu nuqtai nazardan, Ichki ishlar organlarida ham “ustoz-shogird” anʼanasini yo‘lga qo‘yish, faxriylar va yosh xodimlar ishtirokida uch avlod uchrashuvlarini tashkil etishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Ichki ishlar vazirining joriy yil 28 sentyabr kunidagi “Ichki ishlar organlarida xizmat intizomi va xodimlarda vatanparvarlik tuyg‘ularini kuchaytirish bo‘yicha targ‘ibot guruhlarini tashkil etish to‘g‘risidagi”gi farmoyishi ijrosini taʼminlash maqsadida o‘tkazilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarda ham ushbu ezgu maqsad mujassamdir.

Sirdaryo viloyati IIB faxriylar kengashi aʼzolari IIV Sirdaryo akademik litseyida navbatdagi “Uch avlod uchrashuvi” o‘tkazib, unda yosh avlod vakillariga yaratilgan sharoit va imkoniyatlardan oqilona foydalangan holda kelajakda qatʼiyatli, vatanparvar, irodali hamda vatanparvarlik, g‘urur, iftixor, kasbiga nisbatan sadoqat va yuqori masʼuliyatli bo‘lgan Ichki ishlar organlari xodimini tarbiyalash lozimligi taʼkidlab o‘tildi. Shuningdek, Faxriylar kengashi raisi isteʼfodagi polkovnik Yu.M.Toshboev va boshqa faxriy ustozlar o‘quvchi yoshlarga o‘zlarining hayotiy tajribasi davomida ko‘rgan kechirganlari haqida so‘zlab berdi.

Bu kabi tadbirlar yoshlarning qalbida Vatanga muhabbat, kasbga sadoqat tuyg‘ularini yana-da mustahkamlashga xizmat qiladi.

Text to speech