“Haydovchilik guvohnomasi”ni olib berishni vaʼda qilganlar qonun oldida javob beradigan bo‘ldi.
Olingan tezkor maʼlumotlar asosida O‘zbekiston Respublikasi Shaxsiy xavfsizlik Bosh boshqarmasi Sirdaryo viloyati bo‘yicha bo‘limi, Boshqarma Jinoyat qidiruv boshqarmasi Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi tomonidan Guliston shahar hududida o‘tkazilgan tezkor tadbirlari natijasida, N.R hamda I.Blar “V” toifasidagi yengil avtomashinalarni boshqarish uchun D.Mga “haydovchilik guvohnomasi”ni olib berish evaziga undan 100 AQSH dollari miqdordagi pullarni talab qilib olgan vaqtida qo‘lga olindi.
Mazkur holat yuzasidan N.R hamda I.Blarga nisbatan Sirdaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-M 1-Q, 25,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib tergov harakatlari olib borilmoqda.
Sirdaryo viloyati IIB JQB K va IJQKB