“Xavfsiz hudud- dolzarb 40 kunligi” maxsus profilaktik tadbiri Shirin shahrida
O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2023 yil 20 noyabr kunidagi va Sirdaryo viloyati IIBning 2023 yil 21 noyabr kunidagi Farmoyishlariga asosan respublikamiz miqyosida joriy yilning 20 noyabr kunidan-31 dekabr kuniga qadar o‘tkazilayotgan “Xavfsiz hudud- dolzarb 40 kunligi” maxsus profilaktik tadbiri davomida Shirin shahar IIBning sohaviy xizmatlari tomonidan quyidagi ishlar amalga oshirildi.
Jumladan, Shirin shahridagi kriminogen vaziyati og‘ir bitta qizil toifaga kiritilgan Bunyodkor mahallasi, sariq toifaga kiritilgan bitta m.Ulug‘bek mahallasi hamda beshta yashil toifaga kiritilgan Do‘stlik, A.Temur, Farhod, Vatanparvar va Nurobod mahallalari mavjud. Shahar hududida mazkur tadbir davomida huquqbuzarliklar va jinoyatchilikka qarshi qarshi kurashish, jamoat va yo‘l harakati xavfsizligini taʼminlash, sodir etilgan jinoyatlarni issiq izida fosh etish, qidiruvdagi shaxslarni ushlash, jinoyatchilikni jilovlash borasida qizil toifaga kiritilgan Bunyodkor mahallasida “Tozalash-Antiterror” tadbiri o‘tkazildi. Ushbu tadbirga Shirin shahar IIBning sohaviy xizmatlaridan jami 7 nafar HPB profilaktika inspektorlari, YHXGdan 1 nafar MXMKCHB inspektor, JQGdan 2 nafar tezkor xodimlar, Tergovdan 2 nafar tergovchi, MvaFRGdan 1 nafar katta inspektor, Navbatchilik qismidan 2 nafar tezkor navbatchi va uning yordamchisi, Probatsiya guruhidan 1 nafar, HPB boshlig‘i 1 nafar va apparat katta inspektorlaridan 1 nafar xodimlar xizmatga jalb etildi.
Tadbir davomida YPX xodimi tomonidan mahalla hududida harakatlanayotgan 30 ta yengil avtotransport vositalari to‘xtalib, haydovchilarni avtomashina boshqarish huquqini hujjatlari va avtomototransport hujjatlari tekshirildi. Reyd davomida jami 2 nafar qoidabuzar haydovchiga nisbatan MJtKning 128-moddasi bo‘yicha maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Bundan tashqari, hududda joylashgan 1 ta avtomobil taʼmirlash ustaxonasida taʼmirlash olib borilayotgan avtomashina va ustaxona hujjatlari tekshirildi.
Hududdagi mavjud savdo nuqta egalari yaʼni 10 nafar tadbirkorlarga profilaktika inspektorlari tomonidan tozalik va obodonlashtirish qoidalariga rioya qilishlari bo‘yicha ogohlantirilib, bir nafar obodonlashtirish qoidasini buzgan tadbirkorga nisbatan MJtKning 161-moddasiga asosan 330 000 so‘m miqdorda maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Shuningdek, mahalla hududida ko‘chada bemaqsad yurgan 14 nafar yoshlar bilan profilaktik suhbat o‘tkazildi.
Probatsiya guruhi katta inspektori tomonidan ozodlikni cheklash jazosini o‘tayotgan shaxs yashash xonadoni tekshirilib, u bilan qayta jinoyat sodir etmaslik hamda sud ajrimiga asosan o‘rnatilgan cheklov talablarini buzmasligi borasida profilaktik tushuntirish ishlari olib borildi.
Shu bilan birga sohaviy xizmatlari tomonidan tadbirkorlarga “Yangi yil” bayrami arafasida pirotexnika vositalari sotmasliklari bo‘yicha tilxatlar olindi.
Shirin shahar IIB ishchi guruhi