«Xavfsiz hudud — dolzarb 50 kun» maxsus profilaktik tadbirining natijalari muhokama qilindi
"Dolzarb 50 kunlik" maxsus profilaktik tadbirlari doirasida Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘i huzurida o‘tgan 20 kun davomida amalga oshirilgan profilaktik ishlar muhokama qilindi.
Videoselektor tarzida o‘tkazilgan yig‘ilishda o‘rinbosarlar, boshqarma va shahar-tumanlarining barcha sohaviy xizmat rahbarlari ishtirok etib, maxsus profilaktik tadbirning kunlik ish natijalari atroflicha muhokama qilindi hamda masʼul xodimlarning bu boradagi hisoboti tinglandi.
Yig‘ilishda viloyat hududidagi umumiy jinoyatchilik ahvoli, kunlik kelib tushayotgan murojaatlarning qonuniy hal etilishi, mehnat migratsiyasida bo‘lgan, shu bilan birga, Vatanga qaytgan fuqarolar bilan manzilli ishlar tashkil etish va jamoatchilik nazorati maskanlarining faoliyati tanqidiy tahlil qilindi hamda masʼul xodimlarga tadbir davomida ishlarni jadallashtirish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.
Shuningdek, yig‘ilish davomida viloyat hududidagi qizil mahallalarga boshqarmadan biriktirilgan rahbarlarni ishlari sarhisob qilinib, qizil mahallalarda profilaktik tadbirlarni to‘g‘ri tashkil etib, ijobiy natijalarni qayd etgan rahbarlar rag‘batlantirildi.
Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati