18 Dekabr 2024 yil 419

“Xavfsiz migratsiya” tadbiri doirasida o‘quv seminari tashkil etildi.

Sirdaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Sanjar Djabarovning tashabbusi bilan viloyatning barcha shahar-tuman ichki ishlar bo‘limlari boshliqlarining o‘rinbosarlari – jamoat xavfsizligi xizmati boshliqlari, huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘lim hamda bo‘linma boshliqlari, voyaga yetmaganlar va yoshlar bilan ishlash guruhlari katta inspektorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektorlar hamda profilaktika inspektorlariga “Xavfsiz migratsiya” tadbiri doirasida amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish yuzasidan o‘quv seminari tashkil etildi.

O‘quv seminarini Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari – jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i podpolkovnik Jonibek Boltayev kirish so‘zi bilan ochib berdi.

Shundan so‘ng, seminar ishtirokchilariga katta tajribaga ega hamda malakali soha mutaxassislari tomonidan xorijiy davlatlarga uzoq muddatga migratsiyaga chiqib ketgan hamda qaytib kelgan fuqarolarning holidan xabar olish, ularning oilaviy shart-sharoitlarini o‘rganish hamda o‘rganishlar natijasiga ko‘ra aniqlangan ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini bartaraf etish, bandliklarini taʼminlash bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 30 noyabrdagi 801-sonli Qaroriga ko‘ra “Ijtimoiy profilaktika” tamoyiliga asosan mahalla “yettiliklariga” xulosalar berish yuzasidan ishlarni tashkil etish tartibi bo‘yicha dars mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek seminar ishtirokchilariga Guliston shahar “Namuna” mahallasi misolida “Xavfsiz migratsiya” tadbiri doirasida ushbu mahalla hududida yashovchi xorijiy davlatlarga uzoq muddatga migratsiyaga chiqib ketgan hamda qaytib kelgan fuqarolarning holidan xabar olish, ularning oilaviy shart-sharoitlarini o‘rganish hamda o‘rganishlar natijasiga ko‘ra aniqlangan ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini bartaraf etish, bandliklarini taʼminlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ko‘rgazmali mashg‘ulot bo‘lib o‘tdi va barcha profilaktika inspektorlari o‘z mahallalarida “Xavfsiz migratsiya” tadbiri bo‘yicha xuddi shu tartibda ishlarni tashkil etishlari zarurligi bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi

Text to speech