22 Aprel 2022 yil 306

Hamkorlikdagi tadbirda "Gashish" giyohvandlik moddasini sotayotgan shaxslar qoʻlga olindi.

Joriy yilning 18 aprel kuni Sirdaryo viloyat IIB JQB hamda DXX viloyat boshqarma tezkor xodimlari hamkorlikda  o‘tkazilgan “Nazorat ostida olish” tezkor tadbiri davomida, ismi sharifi o‘zgartirilgan Yorqin ismli shaxs gashish giyohvand vositasini o‘tkazish maqsadida, Guliston shahar hududida tadbirga xaridor sifatida jalb etilgan “Doniyor” ismli shaxs bilan uchrashib, boshqaruvida bo‘lgan Kobalt rusumli avtomashinada Mirzaobod tumaniga borib, “Doniyor” ismli shaxsdan gashish giyohvandlik vositasi uchun 1.100.000 so‘m pullarni olib, gashish giyohvandlik vositasini olib kelishini aytgan. Shundan so‘ng, Yorqin Guliston shahar hududida Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib ketayotganida Kobalt rusumli avtomashina to‘xtatilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, avtomashina orqasi o‘rindig‘idan jigar rangli, o‘zidan o‘tkir hid taratuvchi, gashish giyohvandlik vositasi, avtomashina old qutisidan tag qismi teshilgan 0,5 litr hajmdagi yelim idish va tadbirda foydalanilgan maxsus kukun bilan ishlov berilgan 190.000 so‘m miqdordagi pullar borligi aniqlanib xolislar ishtirokida ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shundan so‘ng olib borilgan tergovga qadar tekshiruv jarayonida Yorqin gashish giyohvandlik vositasini tanishi, Umar ismli shaxsdan 900.000 so‘mga sotib olganligini maʼlum qilgan.

Tergovga qadar olib borilgan surishtiruv jarayonida, Umar ismli shaxsning yashash xonani ko‘zdan kechirilganda, Umar  o‘z ixtiyori bilan maxsus kukun bilan ishlov berilgan 900.000 so‘m pul hamda uyali telefon apparati g‘ilofiga yashirilgan jigar rangli, o‘zidan o‘tkir hid taratuvchi, taxminan og‘irligi 0,2-0,5 gramm gashish giyohvandlik vositasiga o‘xshash vositani xolislar ishtirokida taqdim etgan.

Tezkor tadbir davom ettirilib, Umar gashish giyohvandlik vositasini Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumanida yashovchi, “Ismoil” ismli shaxsdan sotib olganligini maʼlum qilgan.

Tezkor tadbir davom ettirilib, joriy yilning 20 aprel kuni Guliston shahar hududida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Ismoil ismli shaxs tezkor xodimlar tomonidan qo‘lga olinadi. “Ismoil” ismli shaxs, xolislar ishtirokida shaxsiy tintuv qilinganda, egnida bo‘lgan sport kiyim tashqi chap cho‘ntagidan sigaret qutisiga solingan 1 dona va tashqi o‘ng cho‘ntagidan sellofan paketchaga joylashtirilgan o‘zidan o‘tkir hid taratuvchi, jigar rangli, taxminan og‘irligi 30-40 gramm bo‘lgan gashish giyohvandlik vositasiga o‘xshash vosita hamda Xalq bankining plastik kartasi borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Holat yuzasidan “Ismoil” dan ushbu giyoxvand moddani kimdan olganligi so‘ralganda, u Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumanida yashovchi “Shox” laqabli shaxsdan 100 AQSH dollarga sotib olganligini maʼlum qilgan. 

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech