18 Dekabr 2021 yil 391

“Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqqa xizmat qilishi kerak”

Muhtaram Prezidentimizning “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqqa xizmat qilishi kerak” degan shiorlarini amalda qo‘llagan holda Sirdaryo viloyati Ichki ishlar organlari Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmatlari tomonidan bir qancha vazifalar amalga oshirilmoqda.

Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Sh.X.Bo’ronovning topshirig‘iga asosan, viloyatning chekka hududlaridagi qishloqlar tuman markazidan bir necha kilometr uzoqlikda joylashganligini inobatga olib, fuqarolarga yanada qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Sirdaryo viloyati IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasiga ajratilgan “DAMAS” xizmat avtomashinasida ushbu mahallalar aholisiga manzilli xizmat ko‘rsatilib, ularga o‘rnatilgan nusxadagi identifikatsiya ID-kartalari rasmiylashtirib berilmoqda.

Mahallalarda yashovchi 136 nafar 16 yoshga to‘lib pasport olish yoshiga yetgan, 158 nafar biometrik pasportini ID-kartaga almashtirish istagida bo‘lgan hamda 62 nafar imkoniyati cheklangan keksa yoshdagi fuqarolarga o‘rnatilgan tartibda identifikatsiya ID-kartalari rasmiylashtirib berildi.

Mazkur yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Sh.X.Buranov tomonidan nazoratga olingan bo‘lib, amaliy ishlar davom ettirilmoqda.

 Sirdaryo viloyati IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi

Text to speech