16 Fevral 2022 yil 343

“Xavfsiz tun tadbiri davomida” Boyovut tumani IIB xodimlari tomonidan sud tomonidan yuklatilgan taqiq va cheklovlarga rioya etib yashayotgan nazorat ostidagi shaxslar tekshirildi

Boyovut tumani IIO Probatsiya guruhi hisobida Ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlanib, Axloq tuzatish ishlari jazosini o‘tayotganlar 49 nafarni, muayyan huquqdan mahrum qilish jazosini o‘tayotganlar 22 nafarni, Ozodlikni cheklash jazosini o‘tayotganlar 48 nafarni, Sinov muddati jazosi 1 nafarni, muddatidan ilgari shartli ozod etilganlar 51 nafarni jami 171 nafar nazorat osidagi shaxslarni tashkil etadi.

Hozirgi kunda Boyovut tumani IIO Probatsiya guruhi hisobida jazo o‘tayotgan shaxslar tomonidan qayta jinoyat va huquqbuzarlik sodir etishlarini oldini olish, maqsadida tuman IIB boshlig‘ining kunlik tun tabdriga jalb etilgan sohaviy xizmatlari bilan hamkorlikda 49 nafar axloq tuzatish ishlari jazosini o‘tayotgan nazorat ostidagilarni ish joylaridan hamda 48 nafar Ozodlikni cheklash jazosini o‘tayotgan nazorat ostidagi shaxslarni sud tomonidan yuklatilgan ta’qiq va cheklovlarga rioya etib yashayotganligini tekshirilib, muntazam nazorat qilib borilmoqda.   

          Boyovut tumani IIO Probatsiya guruhi

 

Text to speech