31 Mart 2023 yil 284

Guliston shahar ichki ishlar boshqarmasi xodimlari uchun kitob yarmarkasi tashkil etildi. 

Azaldan insonlarga toʻgʻri yoʻlni koʻrsatib kelayotgan, ularni bilimli, tarbiyali qilib, kasb-hunar oʻrgatib, komillik va yaxshilikka yetaklovchi muhim omil – bu kitobga doʻst boʻlishdir. Darhaqiqat, insonga kitobdan qimmatli doʻst yoʻq. Ayniqsa, yoshlarning hayotida kitobning alohida oʻrni bor. Chunki yaxshi kitob insonda Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuygʻularini yuksaltirib, ezguliklarga undaydi. Shu munosabat bilan joriy yilning 29-mart kuni xodimlarning kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish maqsadida Guliston shahar ichki ishlar boshqarmasida kitoblar yarmarkasi oʻtkazildi. Kitoblar yarmarkasida xodimlar bilim saviyasini oshirish, vatanga boʻlgan muhabbati va dunyoqarashini kengaytirishi hamda ichki ishlar organlarida mavjud boʻlgan kutubxonalarni boyitish maqsadida Ichki ishlar vazirining 400-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan ichki ishlar organlari xodimlari oʻqishi uchun tavsiya etilgan 39 turdagi badiiy adabiyotlarni olish imkoniyati yaratib berildi. Tashkil etilgan bu kabi maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar har bir xodimni vataniga, xalqiga, va oilasiga boʻlgan sadoqatini yanada mustahkamlab, “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burch” ekanligini his qilgan holda halol xizmat olib borishini taʼminlaydi.

Sirdaryo viloyati IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati.

Text to speech