6 Iyun 2023 yil 594

Gulistonda yana bir og‘ufurush qo‘lga olindi.

DXX Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Sirdaryo viloyati IIB tezkor xodimlari bilan hamkorlikda Guliston shahar hududida o‘tkazilgan “Nazorat ostida olish” tezkor-qidiruv tadbiri davomida, fuqaro Z.K 100 gramm gashish giyohvandlik vositasini o‘tkazish maqsadida, tadbirga xaridor sifatida jalb etilgan “A” ismli shaxs bilan Guliston shahar Yuksalish mahallasi Yog‘du ko‘chasida uchrashib, undan gashish giyohvandlik vositasi uchun 1800 AQSH dollar miqdordagi pullarni olgan vaqtida ushlanib, xolislar ishtirokida shaxsiy tintuv qilinganda, uning yonidan tadbirda foydalanilgan 18 dona 100 AQSH dollar kupyuradagi 1800 AQSH dollar miqdordagi pullar borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shuningdek, fuqaro Z.K ning Guliston shahar Yuksalish mahallasi Yog‘du ko‘chasida joylashgan uyi O‘zbekiston Respublikasining Tezkor qidiruv faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan kechiktirib bo‘lmagan holatda ko‘zdan kechirilganda, yashash uyining mehmonxonasidagi shkafdagi erkaklar kostyumi ichki cho‘ntagidan sellofan paketchaga joylashtirilgan jigarrangli, o‘zidan o‘tkir hid taratuvchi, nazoratli o‘lchovdan o‘tkazilganda, 9,52 gramm bo‘lgan gashish giyohvandlik vositasiga o‘xshash vosita hamda qurilish ishlari tamomlanmagan uyning deraza tokchasidan elektron tarozi borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Sirdaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan fuqaro Z.K ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “Qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan va hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

 Sirdaryo viloyat IIB Axborot xizmati

Text to speech