19 May 2023 yil 871

Gulistonda transport vositasini olib qochish jinoyati sodir etildi. 

Voyaga yetmagan fuqaro Sh.O transport vositasini olib qochish maqsadida, Guliston shahar, Navbahor MFY, Xondamir ko‘chasining chetki qismida turgan, fuqaro Sh.X rahbar bo‘lgan “Mirakon Taʼmir Servis” MCHJga tegishli bo‘lgan “Neksiya-2” rusumli transport vositasini g‘ayriqonuniy ravishda ochib, Sh.X tomonidan avtomashinaning o‘t oldirish qismida kaliti qoldirilganligidan foydalanib olib qochib, mazkur transport vositasida harakatlanib borayotgan vaqtida boshqaruvini yo‘qotishi oqibatida Guliston shahar 6-sonli umumtaʼlim maktabi binosini o‘rab turuvchi temir panjaraga katta tezlikda borib urilgan va voyaga yetmagan fuqaro Sh.O avtomashinani qoldirib, o‘zi xodisa joyidan yashiringan.

Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida, Sh.Xga tegishli bo‘lgan, fuqaro Sh.O tomonidan olib qochilgan “Neksiya-2” rusumli transport vositasi Guliston shahar 6-sonli umumtaʼlim maktabi binosini o‘rab turuvchi temir panjarasiga urilib, yo‘l-transport hodisasiga uchragan holatda topilgan.

Guliston shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan fuqaro Sh.O ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 267-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mazkur holat yuzasidan hozirgi kunda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati 

Text to speech