Gulistonda “gashish” hamda “marixuana” giyohvandlik moddasini sotmoqchi boʻlgan shaxs qoʻlga olindi.
2022-yil 26-yanvar kuni IIV SHXBB Sirdaryo viloyati boʻyicha boʻlimi, Sirdaryo viloyati IIB JQB hamda IIV JIED 40-sonli manzil koloniyasi JQB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor-tadbir davomida “Murod” ismli shaxs-fuqaro E.M “A” ismli shaxsga “gashish” giyohvandlik moddasini 2.000.000 soʻmga sotish maqsadida oʻzining tanishi fuqaro R.A ning boshqaruvida boʻlgan “Matiz” rusumli avtomashinasida olib kelayotgan vaqtda, Guliston shahar, 4-mavze hududida toʻxtatilib tekshirilganda, E.Mning egnidagi kiyimining chap qoʻl yengini ichidan koʻk rangli polietilen paket mavjudligi aniqlanib, ushbu paket ochib koʻrilganda, ichida 4 dona qora rangli polietilen paketga oʻralgan holatda 232,4 gramm “gashish” moyi, 629 gramm “marixuana” giyohvandlik moddalarini borligi aniqlanib, xolislar ishtirokida bayonnoma asosida rasmiylashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Sirdaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan fuqaro E.Mga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 25,273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati