Guliston tumanida velosiped o‘g‘risi qo‘lga olindi.
Guliston tumani IIBga ariza bilan Guliston tumani, Do‘stlik MFYda yashovchi fuqaro A.X murojaat qilib, arizasida nomaʼlum shaxs farzandi A.Aning narxi 825.000 so‘m bo‘lgan, qora rangli “PHONIX” rusumli velosipedini yashash xonadoni birinchi qavatida qarovsiz qoldirilganligidan foydalanib, o‘g‘irlab ketganligini maʼlum qilgan. Guliston tumani IIB xodimlari tomonidan olib borilgan surishtiruv harakatlari davomida, mazkur jinoyatni 1973 yilda tug‘ilgan, Guliston tumani, Oltin vodiy MFYda yashovchi T.D sodir etganligi aniqlanib, daliliy ashyo olingan.
Mazkur holat yuzasidan Guliston tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan fuqaro T.Dga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-m 1-q bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati