20 Yanvar 2022 yil 619

Guliston tumanida noqonuniy ov quroli aniqlandi. 

Guliston tumani IIB HPB profilaktika inspektorlari va tuman IIB JTSB PPXG xodimlari bilan hamkorlikda “Xavfsiz hudud” tadbiri davomida, Guliston tumani A.Navoiy MFYda yashovchi Yu.Nning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda, yashash uyining yerto‘lasidan hech qanday hujjatlarga ega bo‘lmagan ZK rusumli, 16 kalibrli, 1957 yilda ishlab chiqarilgan, bir otar № 4969 NG-raqamli silliq stvolli, o‘qotar ov quroli aniqlandi. Ushbu taqdim etilgan qurol yaroqsiz, agar yengil almashtiruvchi qismi yani (bayok) almashtirilsa, otish uchun yaroqli ekanligi aniqlangan. 

Hozirda ushbu holat yuzasidan qo‘shimcha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Sirdaryo viloyati IIB PPX va JTSB

Text to speech