Sirdaryoda noqonuniy o‘qotar qurol, o‘q-dorilar hamda gashish giyohvandlik vositasi aniqlandi.
Sirdaryo viloyati IIB Tezkor -qidiruv xizmati hamda DXX Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda Guliston tumani hududida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Guliston tumani Ahillik mahallasida yashovchi E.S 2,55 gramm “gashish” giyohvandlik vositasini 2.000.000 so‘m pul evaziga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan. Mazkur holat yuzasidan fuqaro E.Sga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Fuqaro E.S bilan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbiri davomida, uni noqonuniy o‘qotar quroli borligi, ushbu o‘qotar qurolni Guliston tumani Ahillik mahallasida yashovchi U.Nga saqlash uchun berganligi aniqlangan.
Tezkor ma’lumot asosida, U.N bilan olib borilgan profilaktik tushuntirish ishlari natijasida, U.N dan xolislar ishtirokida 1 dona 2 stvolli, “TOZ” rusumli, 1961 yilda ishlab chiqarilgan, stvol va qo‘ndog‘i qirqilgan ov quroli, 2 dona 16 kalibrli patronlar va taxminan 200 grammga yaqin poroxlar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda
Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati