Guliston tumani “Ahillik” mahallasida yashovchi fuqaro N.S Guliston tumani IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, unda o‘ziga tegishli bo‘lgan bir bosh qora molini cho‘ponga boqish uchun berganligini, cho‘pon mollarni dalada boqib, kechga uyga haydab kelganida molini topolmaganligini, shu sababli bir bosh molini topishda yordam so‘rab uni o‘g‘irlagan noma’lum shaxslarga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan. Sirdaryo viloyati IIB Tezkor-qidiruv xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor surishtiruvlar natijasida ushbu jinoyatni fuqaro X.D sodir etganligi aniqlanib, u sotgan bir bosh qora molni fuqaro B.Tdan ashyoviy dalil tariqasida olingan. Tezkor xodimlar tomonidan olib borilgan surishtiruv ishlari davomida Guliston tumani Mustaqillik mahallasida yashovchi fuqaro Sh.A ning ham bir bosh qora rangli molini X.D o‘g‘irlab sotib yuborganligi aniqlanib, qora mol fuqaro T.A dan ashyoviy dalil tariqasida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan fuqaro X.Dga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati
Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:
Matn xato bilan:
Sizning izoxingiz yoki to`g`ri versiya: