19 Iyul 2022 yil 269

Guliston tumani mahallalarida targ'ibot tadbirlari davom etmoqda.

Sirdaryo viloyati Guliston tumani hokim o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i N.G'ofurova, tuman Xalq deputatlari kengashi kotibiyati mudiri D.Anarqulova, tuman bosh otinoyi S.Hodjakulova, tuman IIB JXX HPB HQMB katta inspektori kapitan L.Saydaliyeva va “Boyovut” MFY xotin-qizlar faoli D.Abdumavlonovalar tomonidan “Boyovut” MFY xotin-qizlari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 29 iyundagi "Mahallalarda ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga yordam berish tizimini yangi bosqichga ko‘tarish hamda xotin-qizlarni kasbga o‘rgatish ishlarini yana-da jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 300-sonli qarori, Konstitutsiyaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasi muhokamasi hamda aholi o‘rtasida ajrimlarni oldini olish, ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar bilan manzilli ishlash, xotin-qizlarning bandligini taʼminlash, hunarmandchilikka jalb qilish, kasb-hunarga o‘qitish ishlarini yana-da jadallashtirish yuzasidan targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Ushbu mahalladagi «Jayrona» hususuy bolalar bog‘chasi tarbiyalanuvchilari tomonidan ijro etilgan she'r va raqslar tadbirga yana-da ko‘rk bag‘ishladi.

Text to speech