20 Yanvar 2023 yil 233

Guliston tumani IIBda Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari ishtirokida 2022 yilning 12 oy davomida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi.

Joriy yilning 19-yanvar kuni Guliston tumani Ichki ishlar bo‘limida 2022 yil davomida tuman hududida jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, huquqbuzarliklarni oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida amalga oshirilgan tanqidiy ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilish davomida, yil yakunida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan viloyat miqyosida yuqori ko‘rsatkichlar qayd etilgan bir vaqtda tumanning ayrim MFY larida oldi olinishi kerak bo‘lgan jinoyatlarni oshib ketganligi, ushbu jinoyatlarning kelib chiqish sabablari va mohiyati tanqidiy muhokama qilindi.

Shuningdek, xizmat faoliyati davomda kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan xodimlar faoliyatiga 2023 yilning 1 choragi yakuni yuzasidan baho berilishi, qo‘pol kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan xodimlarga esa intizomiy choralar ko‘rilishi to‘g‘risida topshiriqlar berildi.

Bundan tashqari barcha masʼul rahbarlarga o‘z xizmat faoliyatini tanqidiy sarhisob qilib, yil davomida yo‘l qo‘ygan kamchiliklarni kelgusida bartaraf qilish hamda qo‘l ostidagi xodimlarning ijro va xizmat intizomini mustahkamlash, maʼnaviyatini yuksaltirish yuzasidan kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlarning istiqbolli rejalari va topshiriqlari belgilab olindi.  

 Guliston tumani Ichki ishlar bo‘limi.

Text to speech