Guliston tumani IIBda "Maʼnaviyat oyligi" “Sheʼriyat kechasi” o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2023 yil 11 aprel kunidagi 100-sonli Farmoyishiga asosan "Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burchimiz!" shiori ostida joriy yilning 1 may kunidan 1 iyun kuniga qadar o‘tkazilayotgan "Maʼnaviyat oyligi" tadbiri doirasida joriy yilning 15 may kuni Guliston tumani IIB xodimlari, tuman Madaniyat bo‘limi, Maʼnaviyat markazi, Yoshlar ittifoq, hamda tuman Xalq taʼlimi bo‘limiga qarashli 14-sonli umumtaʼlim maktabi ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Dilafruz Maqsudova va uning yosh ijodkorlar guruhidan iborat o‘quvchi shogirdlari ishtirokida “Sheʼriyat kechasi” o‘tkazildi. Tadbirda so‘zga chiqqan Dilafruz Maqsudova sheʼriyatning inson ongi va maʼnaviyatini yuksaltirishdagi ahamiyati, sheʼriyatning nafisligi to‘g‘risida tadbir ishtirokchilariga maʼlumotlar berib o‘tdi va vatanni tarannum etuvchi sheʼrlardan o‘qib berdi. Shundan so‘ng Dilafruz Maqsudovaning shogirdlari isteʼdodli o‘quvchi yoshlar o‘zlari yodlagan buyuk yozuvchi va shoirlarimizning ona vatanga muhabbat, vatanni asrab-avaylash, vatanni ardoqlash, onalarni eʼzozlash, do‘stlik va muhabbat, ustozlar, O‘zbekiston, yoshlik mavzularida sheʼrlarni ifodali ijro etishi tadbir ishtirokchilarida vatan tuyg‘usi jo‘sh urishiga sababchi bo‘ldi. Sheʼriyat kechasida yosh ijodkorlarning o‘zlarining qalamiga mansub bo‘lgan biz yashab turgan Sirdaryo zamini to‘g‘risidagi sheʼrlari tadbir ishtirokchilarida ulkan taassurot hosil qildi. Tadbir so‘ngida yosh ijodkorlar, adabiyotchilar va ustozlar bilan kelgusida hamkorlikni davom ettirib bu kabi tadbirlarni doimiy ravishda o‘tkazib borishga kelishib olindi. Sheʼriyat kechasida ijodkor yoshlar hamda ustozlar xodimlar qalbida iliq tuyg‘ular hosil qildi. Tadbirda ishtirok etgan faollarga tuman IIB boshlig‘i hamda o‘rinbosarlari o‘z minnatdorchiligini bildirdi.