19 Sentyabr 2022 yil 276

Guliston tumani IIB xodimlari oʻrtasida sportning “QOʻL JANGI” turi boʻyicha musobaqa oʻtkazildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktyabrdagi PF-6099-son “Sogʻlom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash shuningdek, Ichki ishlar vazirligining 2022-yil 7 sentabr kunidagi 10 sentabr kunidan 10-oktyabr kuniga qadar “Kasbiy tayyorgarlik oyligi”ni oʻtkazish toʻgʻrisidagi 198-sonli farmoyishiga asosan xodimlarni kasbiy hamda jismoniy va jangovar tayyorgarligini yanada oshirish, bilim koʻnikma va malakalarini yuksaltirish orqali ularning oʻz kasbining yetuk mutaxassislariga aylantirish, har qanday sharoitda davlat va xalq manfaatlariga xizmat qiladigan, vatanparvar, milliy qadriyatlarga sodiq barkamol shaxs sifatida tarbiyalash ishlarni yanada kuchaytirish, shuningdek ichki ishlar organlari xodimlar va ularning oila aʼzolari oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini kamol toptirish maqsadida 2022-yilning 17 sentabr kuni “KASBIY TAYYORGARLIK OYLIGI” munosabati bilan Guliston tumani IIB xodimlari oʻrtasida sportning “QOʻL JANGI” turi boʻyicha musobaqa oʻtkazildi.

Guliston tumani bolalar va oʻsmirlar sport majmuasi yopiq sport zalida sportning “QOʻL JANGI” turi boʻyicha musobaqasi oʻtkazilib, musobaqa uchta vazn toifasida yaʼni 75,80 kg hamda 90 kg va undan ortiq vazn toifalari boʻyicha oʻtkazildi. Musobaqa tafsilotlarga boy va juda qizgʻin tarzda oʻtkazilib, 75 kg gacha boʻlgan vazn toifasida tuman Guliston tumani Ichki ishlar boʻlimi Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmasi profilaktika inspektori leytenant Abdumalikov Raximjon Muxtor oʻgʻli oʻz vazn toifasida raqiblariga hech qanday imkoniyat qoldirmay gʻolib boʻldi. Uning qoʻlda hamda oyoqlarida raqiblariga bergan aniq zarbalari ayniqsa tadbir ishtirokchilari olqishlariga sabab boʻldi. 80 kg gacha vazn toifasida tatamiga koʻtarilgan tuman Guliston tumani Ichki ishlar boʻlimi Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmasi profilaktika inspektori leytenant Soxijanov Jasurjon Tohir oʻgʻli ham oʻzining chaqqonligi hamda jismonan kuchliligi bilan tomoshabinlar eʼtirofiga sabab boʻldi. U oʻz vazn toifasidagi barcha raqiblarini yengib gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. 90 kg va undan ortiq vazn yaʼni ogʻir vazn toifasida tatamiga chiqqan musobaqa ishtirokchilari orasida oʻzining zarbalari bilan alohida ajralib turgan tuman Guliston tumani Ichki ishlar boʻlimi Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmasi profilaktika inspektori katta leytenant Anarkulov Ilhom Mavlyudillayevich raqiblari ustidan mutlaq gʻoliblikni qoʻlga kiritib ogʻir vazn toifasida 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi. Musobaqa soʻngida gʻoliblarga tuman IIB boshligʻining 1-darajali diplom, medal va esdalik sovgʻalari topshirildi.

Text to speech